Biz haqimizda

AUDIT KANON auditorlik kompaniyasi audit, unga bog‘liq xizmatlar hamda biznes uchun huquqiy maslahatlar sohasida xizmatlar ko‘rsatadi. Biz kompaniyalarga moliyaviy hisobotlarning shaffofligini ta’minlash, qonunchilik talablariga rioya qilish hamda asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam beramiz.
Kompaniya 2019-yil 2-aprelda berilgan №00756-sonli litsenziya asosida barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqiga ega.
Auditorlik xizmatlari

• O‘zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standartlari (NSAD) hamda Xalqaro auditorlik standartlari (ISA) asosida yillik va oraliq moliyaviy hisobotlar auditi
• Asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) tekshirish
• Integrallashgan samaradorlik koeffitsiyentlarini (IKE) tekshirish
• Korxona va tashkilotlarning ustav fondi to‘g‘ri shakllantirilganligini auditorlik tekshiruvi
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa auditorlik xizmatlari

Konsalting xizmatlari
Samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash
• Faoliyat sohasi xususiyatlaridan kelib chiqib asosiy va qo‘shimcha samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) qiymatlarini hisoblash
• Integrallashgan samaradorlik koeffitsiyentlari (IKE) qiymatlarini hisoblash
Metodologik bazani ishlab chiqish
• Korxona uchun metodologik bazani ishlab chiqish: hisob siyosati, soliq siyosati, narx siyosati
• Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha reglament hujjatlarini ishlab chiqish
• MHXSni birinchi bor qo‘llash uchun metodologik bazani ishlab chiqish (hisob tamoyillari, transformatsiya va konsolidatsiya metodikalari, normativ hujjatlar)
MHXS va soliqqa tortish bo‘yicha maslahatlar
• Soliq masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlari
• MHXSni qo‘llash bo‘yicha «savol-javob» shaklida maslahat berish
• MHXSni joriy etish va barcha turdagi hisoblarni MHXS bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha kompleks loyihalar
• NSBU hisobotlarini MHXS hisobotlariga transformatsiya va konsolidatsiya qilish modellari ishlab chiqish
O‘qitish va treninglar
• Mijoz xodimlarini individual dastur asosida MHXSga muvofiq moliyaviy hisobot tayyorlash jarayoniga o‘qitish
• MHXS bo‘yicha o‘quv treninglari va seminarlar o‘tkazis
Xalqaro a’zolik
Partex International — mustaqil auditorlik, buxgalteriya va konsalting kompaniyalarining xalqaro tarmog‘i. Tarmoqqa kiruvchi firmalar audit, buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish hamda moliyaviy konsalting sohalarida xizmatlar ko‘rsatadi.
Hujjatni ochish
Auditorlik tashkilotlari reytingi
(faoliyat yakunlari bo‘yicha)
Sertifikatlar
Tekshiruvlar reyestri
«AUDIT KANON» AJ ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqiga ega auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, mazkur ro‘yxat Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan.
Kompaniyaning ustav fondi 2024-yilda 100 000 000 so‘mni tashkil etadi, bu davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytda 5 367 ta eng kam ish haqi miqdoriga teng bo‘lgan.
Kompaniyaning professional javobgarligi «O‘zbekinvest» EISK tomonidan sug‘urtalangan bo‘lib, sug‘urta qoplamasi limiti 4 000 000 000 so‘mni tashkil etadi.
Kontaktlar
Telefon/Faks: +99871 256-04-71
Mobil telefon: +99894 628-27-56
Email: auditkanon@mail.ru
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 16A
Made on
Tilda